AsosiyJamiyat

Stavropoldagi YTHda halok bo`lganlar jasadi Jizzaxga olib kelindi

'Stavropoldagi YTHda halok bo`lganlar jasadi Jizzaxga olib kelindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Stavropol o`lkasida yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lganlarning jasadlari O`zbekistonga keltirildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar vazirliklari, «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan sa`y-harakatlar natijasida, kecha, 8 aprel kuni vafot etgalarning jasadlari olib kelinib, ikkita maxsus transportda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga etkazildi.

Vafot etganlar o`z yashash joylariga dafn etildi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilning 4 aprel kuni Rossiya Federasiyasining Stavropol o`lkasida yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi halok bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar