Andijon harbiy garnizonidagi harbiy qismlardan birida buyuk Amir Temur tavalludining 682 yilligi hamda Sohibqiron byustining ochilishiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA.
Harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasida keng ko`lamli ishlar olib borilayotgani, harbiylarning xizmatni yuksak saviyada ado etishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani ta`kidlandi. Andijon harbiy garnizonida ham keng qamrovli qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, garnizon butunlay yangicha qiyofa kasb etdi.


Amir Temur byusti buyuk davlat asoschisi Sohibqiron bobomizning muborak nomi, boy merosi va xotirasini ulug`lash, uning ulug` sarkarda sifatidagi harbiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, yoshlar qalbida vatanparvarlik, buyuk ajdodlarimizga hurmat, g`urur va iftixor tuyg`ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.




Tadbir qatnashchilari buyuk Sohibqiron byusti poyiga gulchambarlar qo`ydi. Harbiy parad barchada katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so`zga chiqdi.






