AsosiySport

Taekvondo (WTF). Tunisda o`smirlar o`rtasida jahon chempionati start oldi

'Taekvondo (WTF). Tunisda o`smirlar o`rtasida jahon chempionati start oldi'ning rasmi

Bugun Tunisning Hammamed shahrida taekvondo bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionati boshlandi. Dunyo birinchiligida jahonning 156ta mamlakatidan 1000dan ziyod sportchi ishtirok etadi. Ular qatorida o`zbekistonlik yosh taekvondochilar ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:

O`smirlar:

-45 kg: Amir To`raev

-48 kg: Begzod Ibragimov

-51 kg: Ulug`bek Rashidov

-55 kg: Shahzod Jo`raev

-59 kg: Danil Morozov

-63 kg: Jasur Jaysunov

-68 kg: Diyor Tuxliboev

-73 kg: Abdulaziz Hamidullaev

Qizlar:

-44 kg: Intizor Abduhalimova

-46 kg: Madinabonu Mannopova

-49 kg: Aziz Shamsieva

-52 kg: Ozoda Sobirjonova

-55 kg: Durdona Abdulhaeva

-63 kg: Feruza Sodiqova

Murabbiylar: Sobir Nazaraliev va Jasur Boykuziev.

Eslatib o`tamiz, bundan bir necha kun oldin Hammamedning o`zida III o`smirlar Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi lisenzion musobaqa tashkil qilingandi. Unda -48kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ulug`bek Rashidov oltin medalni qo`lga kiritib, Argentinada bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlarga yo`llanmani qo`lga kiritgandi.

    Boshqa yangiliklar