AsosiyJamiyat

Uy joy oldi-sotdisida kommunal xizmatlardan qarz yo`qligi haqida fuqarolarning ma`lumot olishi bosqichma bosqich to`xtatiladi

'Uy joy oldi-sotdisida kommunal xizmatlardan qarz yo`qligi haqida fuqarolarning ma`lumot olishi bosqichma bosqich to`xtatiladi'ning rasmi

“Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo`llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo`shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori (VMQ-269, 06.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu qarorga ko`ra ko`chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda davlat notarial idorasi idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali:

- 2019 yil 1 yanvardan O`zbekistonning barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) elektr va gaz ta`minoti;

- 2021 yil 1 yanvardan boshlab issiqlik ta`minoti, suv ta`minoti va oqova suvlarni chiqarish bo`yicha qarzdorlik haqidagi ma`lumotlarni mustaqil oladi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi notariuslar ko`chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda notariuslar quyidagi ma`lumotlarni fuqarolardan emas, balki mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshirishi lozim:

- bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to`g`risidagi;

- soliq to`lovchining identifikasiya raqamini;

- doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma`lumotlarni.

Toshkent shahrida esa, 2017 yil 1 iyuldan boshlab, ko`chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda talab etiladigan hujjatlarni (pasport va kadastr yig`ma jildidan tashqari) notariuslar mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali tekshirishi shart.

    Boshqa yangiliklar