Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo`shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori (VMQ–270, 06.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo`yicha tegishli choralar ko`rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo`lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to`g`risidagi ariza berilgan kundan e`tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.






