Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, Xorazm viloyatida 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23-25 darajagacha iliq bo`ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23-25 darajagacha iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
02.04.2018 10:41
3 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti






