Buyuk Britaniyaning Kembrijida fizik-nazariyachi Stiven Xokingni so`nggi yo`lga kuzatish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar qilmoqda “Bi-bi-si” nashri.

Xayrlashuv marosimi Muqaddas Mariya cherkovida bo`lib o`tdi.

Unda marhumning qarigdoshlari, qolaversa, 500 nafar maxsus taklif etilgan mehmonlar qatnashdi.

Xususan, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask, komik Dara O'Brayen, astrofizik Brayan Mey va boshqalar ishtirok etdi.

Shuningdek, Xoking bilan “Stiven Xoking koinoti” filmida olimning obrazini yaratgan aktyor Eddi Redmayn ham qatnashdi.

Marhum Stiven Xoking Vestministr abbatligidagi daxmaga – Isaak Nyuton va Charlz Darvin qabri yoniga ko`mildi.









