AsosiyJamiyat

Jamg`arib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi

'Jamg`arib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi 'ning rasmi

Fuqaroni jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo`yish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Ushbu qarorga ko`ra:

- 2018 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar fuqaroni jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo`yish bo`yicha davlat xizmatlari olish uchun faqat Davlat xizmatlari markaziga yoki O`zbekiston Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat etishlari mumkin bo`ladi;

- ish beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg`arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, majburiydir. Bunda, fuqaroni hisobga qo`yish uchun ish beruvchi murojaat qiladi;

- yuridik shaxs bo`lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo`jaliklari a`zolari va boshqa fuqarolar JBPTda ixtiyoriy tartibda ishtirok etishadi;

- fuqaroni jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo`yish bepul amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar