AsosiyJamiyat

O`zbek-qirg`iz chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo`lga olindi

'O`zbek-qirg`iz chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo`lga olindi 'ning rasmi

O`zbekiston bilan chegaradosh hududda Qirg`iziston chegarachilari tomonidan qurollangan shaxslardan iborat ikkita guruh qo`lga olindi, deb xabar berdi Qirg`iziston chegara xizmati matbuot xizmati.

"Joriy yilning 27 mart kuni Ola-Buqa chegara otryadi chegarachilari Davlat milliy xavfsizlik qo`mitasi hududiy bo`linmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jalol-Obod viloyatining Besh-Tosh maskanida Qirg`izistonning besh nafar fuqarosini qo`lga oldi", — deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

Matbuot xizmatining bildirishicha, dastlab chegarachilar vintovka va patronlar bilan qurollangan ikki shaxsni to`xtatgan. Ularda qurol olib yurish uchun hech qanday hujjat bo`lmagan. Qo`lga olinganlar bu erga go`yoki baliq oviga kelishganini aytishgan. Bir soatdan so`ng xuddi mana shu hududda SARSILMAZ vintovkasi bilan qurollangan va yonida o`nlab patronlar bo`lgan uch kishidan iborat yana bir guruh qo`lga olingan. Ular ov qilgani kelishganini aytishgan, lekin ularda na o`lja va na qurol hujjatlari bo`lgan.

"Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so`ng qo`lga olingan shaxslar va ularning qurol-yarog`lari respublika DMXQ hududiy bo`linmasi xodimlari ixtiyoriga topshirildi", — deb ma`lum qildi matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar