AsosiyJamiyat

Farg`onalik ishbilarmon O`zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi

'Farg`onalik ishbilarmon O`zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi'ning rasmi

Asli farg`onalik bo`lgan, ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi 38 yoshli millioner mashinasoz Ulug`bek Maxsumov O`zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayapti. Bu haqda “Xalq so`zi” xabar berdi.

Tadbirkorning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoevning investorlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish to`g`risidagi so`zlaridan so`ng unda O`zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish istagi tug`ilgan.

- O`zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalq turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Men Farg`onada o`sganman. Vatanimga borib, yuzlab ish o`rinlari yaratish va o`z mamlakatim rivojiga hissamni qo`shishni xohlayman, - dedi Ulug`bek Maxsumov.

U BAAga 2006 yilda turist sifatida borgan. 2012 yilda esa Dubayda harbiy va noharbiy zirhli avtomobillar ishlab chiqaruvchi “INKAS” zavodiga asos solgan. Ayni paytda mazkur korxona tomonidan yiliga o`rtacha 800 ta zirhli avtomashina tayyorlanmoqda. “INKAS” o`z yo`nalishi bo`yicha Dubaydagi eng yirik zavod hisoblanadi.

Ulug`bek Maxsumovning ta`kidlashicha, uning korxonasida ayni paytda o`nta rusumdagi shunday transport vositalari etkazib berilayapti.

    Boshqa yangiliklar