AsosiyJamiyat

Toshkentdagi savdo-ko`ngilochar markazlarida yong`in xavfsizligi bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi

'Toshkentdagi  savdo-ko`ngilochar markazlarida yong`in xavfsizligi bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi doimiy komissiya poytaxtda joylashgan ko`ngilochar-savdo majmualari va shunga o`xshash boshqa ob`ektlar rahbarlariga ushbu binolarda yong`in xavfsizligi bo`yicha profilaktik tekshiruvlarni o`tkazish taklifini bildirdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

28 mart kuni Vazirlar Mahkamasining «Yong`inlar profilaktikasi kunlarini o`tkazish va yong`in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Next, Samarqand Darvoza, Mega Planet va Magnit ko`ngilochar-savdo majmualari va markazlarida amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi.

Ushbu ob`ektlar xodimlari Toshkent shahar YoXB va FVB vakillari ishtirokida yong`in vaqtida to`g`ri harakatlanish, fuqarolarni tezkor evakuasiya qilish choralarini ko`rish va yong`in o`choqlarini bartaraf etish ko`nikmalarini sinovdan o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar