Davron Nosirovich Samatov Xukumat qaroriga muvofiq O`zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining raisi etib tayinlandi.
Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram-kanalida ma`lum qilindi.
Eslatib o`tamiz, “O`zbekzargarsanoati” uyushmasi Prezidentning 2017 yil 15 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib uning asosiy vazifasi Respublikamiz hududida zargarlik san`atining ko`p asrlik an`analarini saqlash va rivojlantirish hisoblanadi.
“O`zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2020 yilgacha O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to`lovidan ozod qilingan.






