Rossiya Federasiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti o`tkazilmaydigan bo`ldi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xabar qilmoqda.
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi “Master Show” MChJ tomonidan poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya Federasiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning yakkaxon konsert dasturi joriy yilning 26 mart kuni o`tkazilmasligini ma`lum qiladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, chiptalarni qaytarish va boshqa ma`lumotlar yuzasidan “Master Show” MChJning 200-76-67 yoki (97) 753-40-04 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilish tavsiya etiladi.






