Aktyor, qo`shiqchi va rejissyor O`zjan Deniz 16 mart kuni o`zidan 20 yosh kichik Feyza Aktan bilan nikohdan o`tdi...
Xabarlarga qaraganda, Feyza Aktan homilador. Yana bir yarim oydan so`ng yangi juftlik farzand kutishayotgani ham oshkor bo`ldi. Shu bois Istanbuldagi nikohni qayd etuvchi idoraga kelinlik libosida emas, oddiy, keng ko`ylakda keldi.

Ayni paytda “Istanbullik kelin” serialida bosh rolni ijro etayotgan O`zjan Deniz katta to`yni serial yakunlangach, avgust oyida o`tkazishini rejalashtirayotga.






