AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi avtobus qatnovi aprelda tiklanadi

'O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi avtobus qatnovi aprelda tiklanadi'ning rasmi

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi avtobus qatnovi aprelda tiklanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Asian Express Terminal" transport kompaniyasi rahbari Sulton Kamolovga tayanib xabar berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo`janddan Toshkent hamda Farg`onaga qatnaydi.

Ammo hozircha tojik va o`zbek transportchilari shaharlararo avtobuslarda qatnov bo`yicha tariflarni kelishib olganicha yo`q.

Yaqin kunlarda Tojikiston kompaniyasi delegasiyasi Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Tashrif davomida shaharlararo avtobus qatnovi tariflari bo`yicha yakuniy kelishuvga erishish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar