Barchamizga ma`lumki, 2018 yil Qozog`istonda O`zbekiston yili deb e`lon qilinishi munosabati bilan ikki davlat o`rtasida do`stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan turli ikki tomonlama tadbirlar o`tkazilmoqda.
Sport bo`yicha ham qator tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, ulardan biri 24 mart kuni bo`lib o`tadi.
Unda havaskor velosportchilar Qozog`iston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasidan startga chiqib, Chimkent shahriga qadar 130 kilometrlik masofani bosib o`tadilar. Bu haqda O`zA xabar berdi.






