2018 yil 15 mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanida yashovchi A.Berdimuratova telefon orqali murojaat qildi.
Tumanning Olmazor-16 mavzesidagi ko`p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqqan, kabinada esa to`rt nafar voyaga etmagan bola qo`rqinch holatida yordam so`rashayotgan ekan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib, bolalar sog`-salomat chiqarib olindi






