Barcha davrning eng yaxshi filmi – “Shoushenkdan qochish” kinofilmi deb topildi. Bu haqda Kinopoisk.ru nashri ma`lum qildi.
IMDb saytida olib borilgan bir necha yillik so`rovlar natijasida “Shoushenkdan qochish” eng yaxshi va eng sevimli film deb topilgan.
Ushbu film 1994 yili rejissyor Frenk Darabont tomonidan suratga olingan. Film hozirda dunyoning eng boy va serunum ijod qiluvchi yozuvchilaridan biri Stiven Kingning “Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish” asariga asoslangan. Eng qizig`i, Stiven King ushbu asarini sahnalashtirish uchun do`sti Frenk Darabontga bor-yo`g`i bir dollarga sotgan.

“Agar hali o`ttiz yoshga to`lmagan bo`lsang-u, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan bo`lsang, u holda eng og`ir sinovlarga shaylan, negaki Shoushenkdan chiqish uchun senda hech qanday najot yo`q.”
Aziz tomoshabin! Ishoningki, “Shoushenk...” mutolaasi va tomoshasidan so`ng hayotingizda, botiningizda evrilish paydo bo`lishi, shubhasiz.







