Professional boksda o`n ikki marotaba ringga ko`tarilib, barcha raqiblarini mudaddan avval mag`lubiyatga uchratgan Shohjahon Ergashev muxlislari uchun ajoyib sovg`a tayyorladi.
Shohjahon joriy yilning 28 aprel kuni Nyu-Yorkda bo`lib o`tadigan navbatdagi jangiga jiddiy tayyorgarlik ko`rayotgan rasmlar ketma-ketligi aks etgan videorolikni muxlislar e`tiboriga havola qildi.
Eslatib o`tamiz, yaqinda Shohjahon Ergashev WBAning yangi reytingida 11-pog`onaga ko`tarilib olgan edi.






