AsosiyJamiyat

"Yoshlarning Innovasion g`oyalari va texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash" yarmarkasi bo`lib o`tadi

'"Yoshlarning Innovasion g`oyalari va texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash" yarmarkasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

"O`zikkilamchiranglimetall" AJ, Yoshlar Ittfoqining Toshkent shaxar kengashi, Artel, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, "Adolat" SDP bilan hamkorlikda "Yoshlarning Innovasion g`oyalari va texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash" yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ko`rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta`lim muassasalari o`rtasida o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatini rivojlantirish, innovasion texnologiyalarga qiziqishi baland bo`lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovasion g`oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat.

Ko`rgazmada yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarni qo`llab-quvvatlash maqsad qilingan. Ular o`z ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko`zda tutilgan. Ko`rgazma yakunlariga ko`ra eng yaxshi innovasion g`oya mualliflariga homiylarning qimmatbaho sovg`alar topshiriladi.

Yarmarka tashkilotchilari iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarini innovasion rivojlantirish, mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishidan umidvor.

Mazkur yarmarkada o`zining innovasion g`oyasini taqdim etmoqchi bo`lganlar quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

+99871-2587478 yoki +998998980382 raqamiga telegram orqali yuborishingiz mumkin

Yarmarka 28 mart kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan “O`zikkilamchiranglimetall” AJga qarashli “YOSHLAR SPORT CITY” majmuasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar