AsosiySport

Ojvang Timoti Odxiambo: “O`zbekiston OTJga qarshi o`yinlarda g`alaba qozonmoqchimiz”

'Ojvang Timoti Odxiambo: “O`zbekiston OTJga qarshi o`yinlarda g`alaba qozonmoqchimiz”'ning rasmi

Keniya olimpiya terma jamoasi sardori Ojvang Timoti Odxiambo O`zbekiston OTJga qarshi o`yin oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi, deb yozadi UFF.

“O`zbekistonga, jumladan, Andijonga birinchi marta tashrif buyurdik. Bizni shu darajada shodiyona bilan kutib olishganidan juda xursandmiz. Agar muxlislarning ko`pligini ko`rib hayratlandim, desam ham aldamagan bo`laman. Ayni paytda qanday hissiyotlarga berilganimni oddiy so`z bilan ta`riflash qiyin. Hammasiga qoyil, barchaga rahmat. Sizlarga omad tilayman.

To`g`risi, bungacha O`zbekiston futboli haqida etarli ma`lumotlarga ega emasdik. Ammo O`zbekiston OTJ Osiyo chempioni bo`lganidan keyin jamoangiz haqida yanada ko`proq ma`lumotlarni bilib oldik. Bundan keyin ham O`zbekiston terma jamoasiga omad tilayman.

Biz bu erga shunchaki kelganimiz yo`q. Nayrobiga g`alaba bilan qaytmoqchimiz. Maqsadimiz O`zbekiston bilan o`yinlarda muvaffaqiyat qozonishdir.

Andijon shahri haqida to`xtalib o`tadigan bo`lsam, juda go`zal, juda chiroyli shahar ekan. Andijon menga yoqib qoldi. Afrikadan Andijonga alanganli salom” – dedi Keniya OTJ sardori.

    Boshqa yangiliklar