Turkiya Harbiy Havo kuchlari Kurdiston Ishchi partiyasining 12 nafar jangarilarini yo`q qildi, deya xabar bermoqda Trend nashri.
Ma`lum bo`lishicha, jangarilar terroristik hujum uyushtirish arafasida bo`lgan.
Bu haqda Turkiya Harbiy kuchlarining Bosh shtabi ma`lum qilgan.
“Turkiya Harbiy Havo kuchlari 20 mart kuni Iroq shimolidagi Xakurk tumanida Kurdiston Ishchi partiyasining 12 nafar jangarilarini qirib tashladi”, – deyiladi xabarda.







