Namibiya sohillarida faoliyat olib boruvchi olimlar ikki kasatkaning delfinga uyushtirgan hujumini suratga olishdi, deya yozmoqda Daily Mail nashri.
Olimlar dengizga to`kilgan neftning oqibatlarini o`rganishi bilan band bo`lgan. Shu payt ular ikki kasatkaning delfinga qilgan hujumini ko`rib qolishadi. Kasatkalardan biri og`zida qurbonining tishlagancha suv yuziga ko`tariladi va yana suv ostiga kirib ketadi.
Tadqiqotchi Saymon Elvenning aytishicha, ertasi kuni qirg`oqda delfinning g`ajib tashlangan suyaklari paydo bo`lgan.






