AsosiyDunyo

Keniyada so`nggi nar shimol oq karkidoni vafot etdi

'Keniyada so`nggi nar shimol oq karkidoni vafot etdi'ning rasmi

Keniyada so`nggi nar shimol oq karkidoni vafot etdi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.

Sudan laqabli karkidon 45 besh yil umr ko`rdi. U Keniyadagi Ol Pejeta qo`riqxonasida yashagan. Qo`riqxona xodimlari Sudanning o`limidan qattiq qayg`uga tushishgan.

Sudanning o`limidan so`ng er yuzida ushbu tur karkidonlaridan ikki nafari qoldi: Sudanning qizi Najin va nevarasi Fatu.

Oq karkidon quruqlikda yashovchi jonzotlar orasida fildan so`ng ikkinchi o`rinda eng yirik hayvondir.

    Boshqa yangiliklar