“Navro`z” bayrami arafasida Poytaxtimizda joylashgan “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilariga e`tibor ko`rsatish maqsadida, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 13 – 19 mart kunlari xayriya aksiyasi o`tkazildi.
Aksiya doirasida 1 200 ga yaqin kitoblar va bolajonlarimizga kerak bo`lgan o`quv qurollari, esdalik sovg`alari va turli xildagi uyinchoqlar to`plandi.
To`plangan kitoblar va esdalik sovg`alari Yunusobod tuman 21-son “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga topshirildi.






