Google kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, qo`shma o`quv dasturlari tashkil qilish va startaplarni qo`llab-quvvatlash orqali axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalarini muhokama qildi. Bu xaqda O`zA ma`lum qildi.
Uchrashuvda yurtimizda “Google I/O”, “Women Techmakers”, “DevFest” “Google Launchpad Accelerator” kabi turli ixtisoslashgan tadbirlarni o`tkazish imkoniyatlari ko`rib chiqildi.
Google kompaniyasi vakillari mamlakatimiz dasturchilari bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalar haqida so`zladi. Jumladan, yaqinda O`zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi ta`limni yanada rivojlantirish va yurtimizda Google kompaniyasi ishlanmalarini ilgari surish bo`yicha turli tadbirlar o`tkazuvchi “Tashkent GDG” guruhi tashkil etilgani ta`kidlandi.






