AsosiyJamiyat

"Navro`z 2018" marafoniga start berildi

'"Navro`z 2018" marafoniga start berildi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahrida va butun Respublika hududida Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan "Navro`z 2018" marafoniga start berildi.

Minglab O`zbekiston yoshlari ushbu marafonda ishtirok etmoqda.

"O`zbekiston yoshlarining kayfiyati a`lo. Respublika bo`ylab Yoshlar ittifoqi marafoni start olish arafasida… Bizni kuzatib boring", — deb yozgan Quronboev o`zining Feysbukdagi sahifasida.

Toshkent shahrida yoshlar "Paxtakor" stadionida yig`ilishgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Engil atletika federasiyasi hamkorligida qabul qilingan "21 mart "Navro`z" umumxalq bayramiga bag`ishlangan "Yoshlar marafoni"ni tashkil etish va o`tkazish to`g`risida"gi qo`shma qaroriga ko`ra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar Toshkent shahrida "Yoshlar marafoni" o`tkazilishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar