Fransiyalik 55 yoshli Alen Robert hech qanday himoya vositalarisiz balandligi 187 metr bo`lgan Tour Total osmono`par binosiga chiqdi.
Alen bu ishni bajarish uchun bir yarim soat vaqt sarflagan.
O`rgimchak odam nomini olgan Alen, shu kunga qadar dunyoning turli davlatlaridagi 150 ta baland binolarni zabt etgan. Dubaydagi Burj Xalifa, Parijdagi Eyfil minorasi ham shular jumlasidandir.






