Bugun Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida 2018” loyihasi doirasida “Yo`l xaritasi” xalqaro forumi o`z ishini boshladi. Loyiha 12 yo`nalishda amalga oshirilib, uning tadbirlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlarni o`z ichiga qamrab oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ilm-fan va madaniyat sohasidagi tashabbuslari keng jamoatchilikning e`tiborini tortmoqda. O`zbekistonning madaniy merosini saqlab qolish va ko`paytirish masalalari bo`yicha mahalliy ilmiy xodimlar va xorijiy mutaxassislar jalb etilgan. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi ushbu sohadagi hamkorlikning yorqin namunasidir.











