AsosiySiyosat

Toshkentda o`tadigan Afg`oniston bo`yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi

'Toshkentda o`tadigan Afg`oniston bo`yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi'ning rasmi

Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakillari Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha 26-27 mart kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan xalqaro konferensiyaga taklif etildi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Taklifnoma shuningdek, afg`on muammosi bo`yicha ko`plab, xususan, "Qobul jarayoni" va boshqa tashabbuslarning faol ishtirokchisi bo`lgan hamda "Tolibon" ishtirokida tinchlik jarayonini tashkil etishda muhim rol o`ynashi mumkin bo`lgan Qatar Tashqi ishlar vazirligiga ham yuborildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

TIVning aniqlik kiritishicha, Qatarni anjumanga taklif etish tashabbusi Afg`oniston tomonidan xalqaro anjuman o`tkazish tashabbuskori bo`lgan O`zbekiston bilan hamkorlikda ilgari surilgan.

Qatar vakillarining yaqin vaqt ichida rasmiy javob qaytarishlari kutilmoqda.

"Tolibon" harakati vakolatxonasi AQSh, Afg`oniston va Qatar hukumatlari qo`llab-quvvatlovi ostida 2013 yilda Dohada ochilgan.

O`zbekiston TIVning ma`lumot berishicha, Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun EI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. AQSh davlat kotibining birinchi o`rinbosari, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar