Asli o`zbekistonlik bo`lgan 11 yoshli Ibrohim Rustam Tadbir Bruklinda (Nyu-York shtati) Amerika musulmonlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Qur`on musobaqasida g`olib bo`ldi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.
Mazkur tanlovda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 45 dan ortiq o`quvchi va talaba ishtirok etdi. Tadbirni 20 ga yaqin davlat arbobi kuzatib bordi.
Ibrohim oilasi bilan Qo`shma Shtatlarga ko`chib borgan. Orlando shahridagi (Florida shtati) diniy va dunyoviy bilimlar o`rgatiladigan Al-Buxoriy nomidagi Islom markazida ta`lim olgan.






