Toshkentning Sergeli tumanida ko`chaga tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi. Chaqaloqning topib olingani haqidagi suratlar Facebook ijtimoiy tarmog`idagi «Sergeli tumani» guruhiga joylashtirildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Yanvar oyida yangi tug`ilgan chaqaloq sport sumkasiga solingan holda tashlab ketilgan bo`lsa, mart oyining boshlarida xonadonlardan birining eshigi oldidan sog`lom qiz chaqaloq topilgan haqida xabarlar tarqalgan edi.






