AsosiyJamiyat

Namanganda yo`qolgan qiz Qoraqalpog`istonda topildi

'Namanganda yo`qolgan qiz Qoraqalpog`istonda topildi'ning rasmi

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Nozigul Ismailova ismli qiz bedarak yo`qolgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida qiz Qoraqalpog`istonda topildi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

U Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi Izbasar Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant Rustam Xidirov sa`y-harakati bilan topildi. Joriy yilning 20 fevral kuni qiz ota-onasiga topshirildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sinchkovligi natijasida ota-onasining bag`riga qaytarilgan qizning onasi Dilnoza Parpievadan Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga minnatdorchilik xati keldi. Uning mazmuni quyidagicha:

Uchqo`rg`on tumani “Yog`du” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi Nurabod ko`chasi 44-uyda istiqomat qilaman. Qizim uydan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan edi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi I.Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant R.Xidirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida farzandimni topib berib, xavf-xatarning oldini oldi. Buning uchun ushbu xodimlarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman”.

    Boshqa yangiliklar