AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti O`zbekiston bilan chegara delimitasiyasini tezlashtirish bo`yicha topshiriq berdi

'Qirg`iziston prezidenti O`zbekiston bilan chegara delimitasiyasini tezlashtirish bo`yicha topshiriq berdi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov O`zbekiston va Tojikiston bilan chegaralaridagi muammoli masalalari bo`yicha delimitasiya ishlarini tezlashtirish to`g`risida topshiriq berdi, deb xabar qildi Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati.

Jeenbekov davlat chegaralari xizmati raisi Ularbek Sharsheev va chegaralarni delimitasiyasi masalalari bo`yicha davlat maxsus vakili Kurbanbay Iskandarov bilan uchrashdi.

"Davlat chegaradagi vaziyat, shuningdek nazoratdan-o`tkazish punktlari ish faoliyatini takomilashtirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Sooronbay Jeenbekov Tojikiston va O`zbekiston bilan chegaralarida olib borilayotgan delimitasiya ishlarini tezlashtirish haqida topshiriq berdi", — deyilgan xabarda.

Iskandarovning so`zlariga ko`ra, o`zbek-qirg`iz davlat chegara uchastkalarida qolgan joylar bo`yicha jadal ravishda ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2018 yil mart oyida Tojikiston chegarasida kelishilmagan joylar bo`yicha hukumatlararo komissiya yig`ilishini o`tkazish rejalashtirilgan.

Qirg`izistonda O`zbekiston bilan chegarasida 20 taga yaqin kelishilmagan uchastkalar bor, ular ichida chegara oldidagi Andijon suv ombori va ikkita o`zbek anklav hududlari. Tojikiston bilan esa 70 ta uchastkalar bo`yicha kelishish zarur.

    Boshqa yangiliklar