AsosiyDunyo

30 yillik taqiqdan keyin endi Saudiya Arabistonidagi kinoteatrlarga lisenziya berilmoqda

'30 yillik taqiqdan keyin endi Saudiya Arabistonidagi kinoteatrlarga lisenziya berilmoqda'ning rasmi

Saudiya Arabistoni madaniyat va axborot vazirligi payshanba kundan boshlab, 30 yildan beri yopiq turgan, martda ochilishi rejalashtirilgan katta ekranli kinoteatrlar boshqarmalariga lisenziya berishni boshladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980 yillarning boshlarida yopilib, kino namoyish qilish taqiqlangan edi. Qirollik ayonlari kino ko`rish uchun qo`shni Bahraynga qatnar edilar.

2030 yilga kelib, qirollikda 300 dan ortiq kinoteatarlar tarmog`i ishga tushib, 2 mingdan ortiq ekranlarda keng jamoatchilik uchun kinolar qo`yiladi. Kinolar ekranga chiqishdan ilgari mamlakatning axloqiy qadriyatlarini buzmaslik uchun tekshiruvdan o`tkaziladi.



    Boshqa yangiliklar