AsosiyJamiyat

Masjidda ayollar uchun namozxona ochildi

'Masjidda ayollar uchun namozxona ochildi'ning rasmi

“Xoja Ahror valiy” jome masjidida ayollar uchun namozxona ochildi. Bu haqda “islom.uz” nashri xabar berdi.

Ayollar uchun namozxona Toshkent shahridagi “Chorsu” dahasida joylashgan “Xoja Ahror valiy” jome masjidida ochilgani ma`lum qilingan.

Shuningdek, masjidda ayollar uchun alohida tahoratxona ham ajratilgan bo`lib, muslimalarga namozlarni o`z vaqtida ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani qayd etilgan.

Alloh taolo masjid rahbariyati hamda bu ishga hissa qo`shgan barcha mutasaddi birodarlarimizni ushbu namozxonalarda o`qilgan har bir namozdan, har bir ibodatdan hosil bo`lgan ajru savoblardan bahramand qilsin.

    Boshqa yangiliklar