AsosiyJamiyat

Yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomat o`rnatiladi

'Yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomat o`rnatiladi'ning rasmi

2018 yil oxirigacha O`zbekistonda xalqaro plastik kartalarga xizmat ko`rsatish uchun 1045 ta bankomat o`rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 28 fevral, chorshanba kungi Xalqaro press-klub majlisida Markaziy bank Valyutani tartibga solish va to`lov balansi departamenti direktori Bobir Abubakirov ma`lum qildi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Uning so`zlariga ko`ra, bankomatlar tun-u kun ishlaydi, mijozlar esa nafaqat xorijiy valyutadagi, balki so`mdagi pullarni ham naqdlashtirib olishi mumkin.

Mart oyidayoq sayyohlar tashrif buyuradigan joylarga, shuningdek, ko`chalar, bozorlar va savdo markazlariga 200 dan ortiq bankomat o`rnatish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro tizimlar kartalarini qabul qilish uchun to`lov terminallari Visa, Mastercard va boshqa tizimlar bilan integrasiyalanadi. «Buni biz tez orada amalga oshiramiz», — dedi Bobir Abubakirov.

U mamlakatdagi oltita bank UnionPay kartalari bilan to`lov qabul qilishni allaqachon ishga tushirganini qo`shib qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar