AsosiyJamiyat

Ohangaronda YPX inspektoriga jarohat etkazildi

'Ohangaronda YPX inspektoriga jarohat etkazildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Mamayqo`rg`on MFY hududida 28 fevral kuni soat 03.35 larda viloyat YPX inspektori B.Sayfiddinov J.Madaliev boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli avtomashinani to`xtatib, undan avtomashina hujjatlarini so`raydi.

Ammo haydovchi avtomashina hujjatlarini taqdim qilmagan.

Shundan so`ng B.Sayfiddinov J.Madalievni mastlik holatini qayd etish uchun Olmaliq shahrida joylashgan Tibbiy ekspertiza markaziga olib ketayotganda J.Madaliev B.Sayfiddinovga hojatga chiqmoqchi ekanligini aytib avtomashinani yo`l chetiga to`xtatishini so`raydi. J.Madaliev hojatga chiqib so`ng safdor B.Sayfiddinovning orqa tomonidan kelib, uni yuz qismiga tosh bilan urib jarohat etkazib voqea joyidan yashiringan.

Natijada YPX inspektori safdor B.Sayfiddinovga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ko`rilgan choralar natijasida J.Madaliev qo`lga olingan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

    Boshqa yangiliklar