Meksika ko`rfazidan Amerikaning tub aholisiga tegishli bo`lgan, etti ming yillik suv osti qabristoni topildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Ilk inson jasadi qoldiqlari mazkur hududdan 2016 yilda g`avvos tomonidan topilib, Florida arxeologik tadqiqotlar byurosiga suratlari yuborilgan edi.
Shundan keyin g`avvoslar 6,5 metr chuqurlikka sho`ng`ib, inson jasadi qoldiqlariga, artefaktlarga va bosh, qo`l suyaklariga duch kelishdi. Ular eramizdan oldingi beshinchi asrga tegishli ekanligi aniqlandi.
Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur joy ilgari qabriston bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan u suv ostida qolgan. Tuproqning yaxshiligi tufayli jasadlar yaxshi saqlangan.






