Kventin Tarantinoning yangi filmida mashhur aktyorlar Bred Pitt va Leonardo Di Kapriolar suratga tushishadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Di Kaprio vestern teleserial orqali mashhur bo`lgan Rik Daltonning, Bred Pitt esa Daltonning dublyori Kliff Butning obrazini yaratadi. Tarantinoning ma`lumot berishicha, film voqealari Los-Anjelesda 1969 yilda ro`y beradi. Film qahramonlari o`zlariga yot bo`lgan yangi voqealikka moslashishga harakat qilishadi.
Nashrning xabar berishicha, aktyorlar bilan kelishish juda qiyin kechgan, film muhokamasida hattoki Di Kaprio roldan voz kechishiga bir bahya qolgan. Bred Pitt va Di Kaprio ilgari ham rejissyorning boshqa filmlarida suratga tushishgan.






