AsosiyJamiyat

Toshkent — romantik uchrashuv o`tkazish uchun eng arzon shahar

'Toshkent — romantik uchrashuv o`tkazish uchun eng arzon shahar   'ning rasmi

Toshkent romantik uchrashuv o`tkazish uchun eng arzon shahar deb topildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ECA International konsalting agentligi jahondagi turli shaharlar aholisi romantik uchrashuv uchun qancha pul sarflanishini hisob-kitob qilgan.

Uchrashuv o`ta qimmatga tushadigan shahar deb Jeneva topildi. Bu erda bir uchrashuv o`rtacha 295 dollarga to`g`ri keladi. Bunga kino uchun ikkita chipta (41 dollar), restoranda kechki ovqat (175 dollar), barda ikkita kokteyl (34 dollar) va taksi xarajati (45 dollar) kiradi.

Osloda bir romantik uchrashuv 262, Nyu-Yorkda 225, Sidneyda 217 va Londonda 205 dollarga tushadi.

Bunday uchrashuv uchun eng kam pul Toshkent shahrida sarflanar ekan – kino, bar, restoran va taksi uchun 50 dollar.

Uchrashuv arzonligi bo`yicha keyingi o`rinda 69 dollar sarflanadigan Keyptaun va 75 dollar sarflanadigan Qohira joylashgan.

    Boshqa yangiliklar