AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`llari" Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy qildi

'"O`zbekiston temir yo`llari" Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy qildi  'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Navro`z bayramini nishonlash kunlarida yo`lovchilar uchun chegirmalar joriy etildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, joriy yil 18 martdan 22 martgacha mahalliy yo`nalishlarda qatnovchi yo`lovchi poezdlarda (shu jumladan, yuqori harakatlanayotgan “Afrosiyob” poezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, o`quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo`l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.

Bu fuqarolarning davlat rasmiy sanalarini nishonlash davrida to`laqonli dam olishi uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq “O`zbekiston havo yo`llari” Navro`z bayrami munosabati bilan ichki yo`nalishlarga 30%dan 50%gacha chegirma e`lon qilgandi.

    Boshqa yangiliklar