AsosiyJamiyat

Quvayt O`zbekistonda arab tilini o`qitishga yordam beradi

'Quvayt O`zbekistonda arab tilini o`qitishga yordam beradi'ning rasmi

Joriy yilning 21 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o`rtasida oliy ta`lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to`g`risidagi Bitim kuchga kirdi.

Hujjat 2017 yil 9 fevralda Al-Quvayt shahrida imzolangan edi, deyiladi O`zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida.

Bitim oliy ta`lim va fan sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat oliy ta`lim muassasalari (OTM) va tadqiqot markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Hujjatga ko`ra, tomonlar talabalar va tadqiqotchilar almashinuvini amalga oshiradilar va ular uchun har yili tegishli stipendiyalar ajratadilar, shuningdek, O`zbekiston va Quvayt OTMlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni rivojlantirishga ko`maklashadilar.

Bitim ayni paytda arab tilini o`qitish va o`rganish, manbalarni tadqiq qilish va sharq qo`lyozmalarini saqlash ishlarida o`zaro hamkorlikka ko`maklashadi.

Uning asosida Quvayt OTMlarida arab tili va adabiyoti o`qituvchilarining amaliyot o`tashi orqali hamkorlikni yanada kengaytirish, O`zbekiston OTMlarida arab tili xonalari va kutubxonalarini zamonaviy texnika vositalari hamda arab tilidagi adabiyotlar bilan jihozlashda o`zaro hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar