Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi o`zining rasmiy veb-sayti (ubdd.uz), shuningdek, Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o`z sahifalarini ochadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Endilikda fuqarolar o`zini qiziqtirgan istalgan axborotni YHXB xodimlaridan olishi mumkin.
Shuningdek, Toshkent shahar yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Barat Hakimovich Mamenovga onlayn rejimda shaxsan murojaat etish mumkin bo`ladi.
“Bundan tashqari, sahifamizga kelgan sizning barcha iltimoslaringiz, shikoyatlaringiz hamda murojaatlaringiz diqqat bilan tahlil qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.






