26 fevral kuni Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumani, Yo`lbarisov mahallasi, Chorvachi ko`chasida yashagan, 1985 yilda tug`ilgan D. Imomqulovaning uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirildi. Ofat oqibatida uy tomi, shifti va uy jihozlari zarar ko`rgan.
Yong`inni o`chirish vaqtida D.Imomqulova va uning voyaga etmagan 2 nafar farzandi jasadi topildi.






