Respublikada urug`lik kartoshkasini etishtirishni yanada rivojlantirish choralari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali.
Qarorga asosan manfaatdor tashkilotlarning Kartoshka etishtiruvchilar assosiasiyasini tuzish to`g`risidagi takliflari ma`qullandi.
Assosiasiyaning asosiy vazifalaridan biri respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug`chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo`lgan kartoshka ko`chatlarini etishtirishni tashkil etish hisoblanadi.
Tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo`rg`ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo`rg`on, Bulung`ur, Zomin, Baxmal, Bo`stonliq tumanlari urug`likka mo`ljallangan kartoshkani etishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilandi.






