Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar markazi bugungi kunda o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu haqda Mo`ynoq tumani hokimligi rasmiy sayti yozmoqda.
Ana shunday iqtidorli bolalardan biri tumandagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining 3-sinf o`quvchisi, “Kompyuter grafikasi” to`garagi a`zosi Allayar Qalbaev o`quv yili davomida iqtidorli bolalar qatorida «Bolalar texnikaviy ijodkorligi» festivalining tuman, Qoraqalpog`iston va O`zbekiston bosqichlarida kino-video havaskorlik yo`nalishi bo`yicha ishtirok etib, g`oliblar safidan joy oldi.
– Ko`rik-tanlovga kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib tayyorlagan “Mening uyim” multfilmim va tumandagi so`nggi paytlardagi o`zgarishlar aks etgan “Bugungi Mo`ynoq” videorolik bilan ishtirok etdim, – deydi 3-sinf o`quvchisi Allayar Qalbaev.






