Ertaga, 24 fevral kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegasiya Farg`ona shahriga keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Hukumat a`zolari, etakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat delegasiya O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.






