AsosiyJamiyat

Chempionlarga berilgan avtomashinalar uchun hech qanday to`lov talab qilinmagan

'Chempionlarga berilgan avtomashinalar uchun hech qanday to`lov talab qilinmagan'ning rasmi

Shu kunlarda turli ommaviy axborot vositalarida Xitoyda bo`lib o`tgan U-23 Osiyo chempionatida g`olib chiqqan O`zbekiston terma jamoasi a`zolariga Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan mukofotlar — «Malibu» avtomashinalari hali rasmiylashtirilmagani haqidagi xabarlar paydo bo`ldi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma`lum qildi. Qayd etilishicha, futbolchilarga topshirilgan «Malibu»lar Prezident sovg`asi bo`lib, bu avtomashinalar uchun qandaydir to`lov talab qilishga hech kimning haqqi yo`q.

Aksincha, O`zbekiston futbol assosiasiyasi futbolchilarning xayolini bo`lajak musobaqalardan chalg`itmaslik, bor e`tiborlarini mashg`ulotlarga qaratishlari uchun avtomashinalarni futbolchilar nomiga rasmiylashtirish bilan bog`liq barcha to`lovlarni o`z zimmasiga olgan.

    Boshqa yangiliklar