TheDailyMail nashri yuzi qoq o`rtasidan ikki xil rangga bo`lingan, g`ayrioddiy mushukka e`tibor qaratishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mushuk yuzining bir tarafi kulrang, ikkinchi tarafi esa qora rangdadir.
Mazkur Britaniya qalin junli mushugi Fransiyada yashaydi. Uni fransuz fotosuratchisi suratga olgan. Bunday mushuklar juda kamyob hisoblanadi. Mushuk yuzining ikki xil rangda bo`lishiga uning ona qornida embrion rivojlanishing ilk oylarida ikki embrionning qo`shilib ketishi sabab bo`lgan.






